22:55 / 03.03.2019
5 752

Rossiyalik soʻz ustasi Petrosyan sobiq xotinini uydan haydab chiqara olmayapti

Rossiyalik soʻz ustasi Petrosyan sobiq xotinini uydan haydab chiqara olmayapti
Koʻpchilikka maʼlum, rossiyalik soʻz ustalari Yevgeniy Petrosyan va Yelena Stepanenko oʻtgan yil kuzida rasman ajrashishgan. Ularning ajrashishiga goʻyoki Petrosyan oʻzidan ancha yosh qiz bilan uchrashib yurishi sabab qilib koʻrsatildi. Stepanenko sobiq eriga tegishli barcha xususiy mulk va banklardagi pullargacha tortib olish uchun ancha ter toʻkdi.

Ammo uddasidan chiqa olmadi. Petrosyanning advokatlari kuchli chiqib qoldi. Hozir esa Moskvadagi Stepanenko yashab turgan, aslida sobiq eriga tegishli kvartiradan sobiq er sobiq xotinini haydab chiqara olmayapti. Petrosyan Stepanenko yashab turishiga qarshi emasdi. Faqat kommunal toʻlovlarni toʻlashi shartligini advokatlar orqali uqtirgandi. Yelena Stepanenko toʻlovlarni amalga oshirishdan ham, kvartirani boʻshatib qoʻyishdan ham bosh tortdi.

Endi Petrosyan sobiq rafiqasi yashab turgan holda kvartirani ijaraga berish niyatida ekanini aytib oʻtdi. Shunday qilsa, kommunal xizmatdan yigʻilib qolgan qarzlar tezroq toʻlanishi taʼminlanarkan.
Eslatib oʻtamiz, bu ikki soʻz ustasi birga yashagan davrda kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan haq miqdori deyarli 1 million rublga yetib qolgan ekan.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik soʻz ustasi Petrosyan sobiq xotinini uydan haydab chiqara olmayapti