08:28 / 04.03.2019
4 666

Nyu-yorklik ayol umrining oxirigacha haftalik 5000 dollar yutuq yutib oldi (video)

Nyu-yorklik ayol umrining oxirigacha haftalik 5000 dollar yutuq yutib oldi (video)
Publishers Clearing House marketing kompaniyasi shartlariga koʻra gʻolibga umrining oxirigacha 5000 dollar miqdorida yutuq toʻlanish sharti bilan totalizator-lotereya oʻyinini oʻtkazdi, deya xabar beradi Daryo.

Yaqinda kompaniya gʻolibning nomini eʼlon qildi, ayol Nyu-Yorkdan. “Forever” SuperPrize deb nomlangan oʻyin haqida kompaniya 28 fevral kuni eʼlon qildi. Xuddi shu kuni lotereya vakillari Kristal Kroufordga gʻolibni tabriklashga borgan.

Qizigʻi shundaki, haftasigi 5000 dollarni faqat Kristal olmaydi, lotereya shartlariga koʻra, u vafotidan keyin ham har haftada ushbu summani oladigan kishini tanlashi kerak boʻladi.

“Men bunday boʻlishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagan edim” — dedi Krouford.
Uning soʻzlariga koʻra, Kristal yillar davomida ushbu lotereyani oʻynab kelmoqda, lekin buni amalga oshmas orzu deb hisoblagan.

Ayol oʻzining rejalari haqida gapirib berdi: u birinchi chekni yangi tishlarga sarflaydi. Shuningdek Krouford oʻgʻlining kollejda taʼlim olishi uchun pul yigʻishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-yorklik ayol umrining oxirigacha haftalik 5000 dollar yutuq yutib oldi (video)