15:45 / 04.03.2019
5 261

Jorjiyada uzunligi 4 metr boʻlgan alligator topildi (foto)

Jorjiyada uzunligi 4 metr boʻlgan alligator topildi (foto)
Jorjiya shtatining Tabiiy resurslar departamenti vakillari Bleksher koʻli yaqinidagi sugʻorish kanalidan uzunligi toʻrt metr, ogʻirligi 300 kilogramm boʻlgan alligator topilganini maʼlum qildi. Bu haqda Daryo nashri Forum Dailyʻga tayanib xabar berdi.

“Mana alligatorlarga nisbatan dasturning natijasi. Ular shunday hajmgacha oʻsishi mumkin. Alligatorlarning bunday kattalikka yetishining yagona yoʻli odamlarni chetlab oʻtishdir”, — deydi Departament vakili Melissa Kammings.

Hayvon shu darajada katta boʻlganidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari suratning haqiqiyligiga shubha qilgan. Ammo Departamentning rasmiy suratida reptiliya yonida oʻtirgan yovvoyi tabiat biologi Brent Xauz suratning haqiqiy ekanligini taʼkidlagan.

Foto: Georgia Department of Natural Resources
Alligatorni 25 fevral kuni mahalliy aholidan biri koʻrib qolgan. Shundan soʻng Xauzni u yerga chaqirtirishgan.

Xauzning soʻzlariga koʻra, alligator ular kutganidan ham kattaroq boʻlgani uchun uni kanaldan chiqarib olishga ancha vaqt ketgan. Afsuski, alligator sogʻligʻi yomon boʻlib, uning tanasidan eski oʻq izlari topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jorjiyada uzunligi 4 metr boʻlgan alligator topildi (foto)