Xitoyning Sinxay provinsiyasining shimoli-gʻarbiy qismida Marsdagi sharoit taqlid qilingan dastlabki baza ochildi, deb xabar berdi “Daryo”.
Uning oʻziga xos jihatlaridan biri shundaki, undan olimlar ham, oddiy sayyohlar ham foydalanishi mumkin.
“Mars qishlogʻi” maydoni 32 gektar boʻlib, Xaysi—Moʻgʻul—Tibet avtonom okrugidagi Lenxu aholi punktidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning hududining aksariyat qismini oʻsimliklarsiz choʻl tashkil etadi. Bu yerda turmush sharoiti juda ogʻir boʻlib, sayyohlar oʻzlarini Yerda emas, Marsda ekanligini his qilishi uchun juda mos keladi.
Baza ikki qismdan: “Marsga koʻnish” va marslik turistlar yashashi uchun tashqi dunyodan butunlay ajratib qoʻyilgan lagerdan iborat. Lager turli modullardan iborat boʻlib, unda oʻz tajribasi asosida Marsda yashash qanday boʻlishini bilmoqchi boʻlgan 160 nafargacha odam joylashishi mumkin.
Mahalliy hukumat 2017 yildayoq “Mars qishlogʻi” yaratishni taklif qilgan. Ularning gʻoyasiga koʻra, u kosmosni sevuvchilar uchun mashhur oʻquv-madaniyat markazi boʻlishi rejalashtirilgan.
Qiymati 150 million yuan (taxminan 22,5 million dollar) boʻlgan loyihani amalga oshirish 2018 yilning yozidan boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?