22:56 / 05.03.2019
6 832

Oʻzbekistonliklar Rossiyaga antiqa usul orqali kirib borishga urindi

Oʻzbekistonliklar Rossiyaga antiqa usul orqali kirib borishga urindi
Qozogʻistonlik chegarachilar “Gazel” kuzovida qoʻlbola yasalgan “tuynuk” yordamida Rossiya Federatsiyasiga kirib borishga uringan Oʻzbekiston fuqarolarini aniqlashdi. Mashinani Rossiya fuqarosi boshqargan deb yozadi Sof.uz nashri.

Bu haqda Qozogʻiston milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara xizmati matbuot-xizmati xabar qilmoqda.
Hodisa seshanbaga oʻtar kechasi Gʻarbiy-Qozogʻiston viloyatida yuz bergan.

“Gazel” avtomashinasi Rossiya fuqarosi boshqaruvida Toshkent - Samara marshruti boʻyicha harakatlanayotgan boʻlgan. Nolegallarni avtomobil tashqi va ichki oʻlchamlarining nomuvofiqligi, shuningdek, kuzov ichida yangi obshivkaning mavjudligi “sotib qoʻygan”. Avtomobilning ichki qismi tekshiruvdan oʻtkazilganda, kuzov ichida yashirin tuynukda uch nafar oʻzbekistonlik yashirinib oʻtirgani aniqlangan.

Oʻzbekiston fuqarolari ularga Rossiyaga kirish taʼqiqlangani tufayli mana shu tarzda chegarani kesib oʻtishga urinishgani aytilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oʻzbekistonliklar Rossiyaga antiqa usul orqali kirib borishga urindi