08:32 / 08.03.2019
4 034

Oydan keyin navbat Marsga yetadimi?

Oydan keyin navbat Marsga yetadimi?
Xitoy kelgusi yilda Marsni tadqiq etishni rejalashtiryapti. Bu haqda Jenmin Jibao manbasi xabar berdi.
Unga koʻra, Chin oʻlkasi 2020 yilda “qizil sayyora”ga maxsus qurilma uchiradi. Ushbu vosita Marsga qoʻnadi va tadqiqotlar olib boradi.
Bundan tashqari, joriy yilda “Chanʼe-5” nomli qurilma Oyga uchiriladi. U Yerning tabiiy yoʻldoshidan tuproq namunalarini olib keladi.

Onlayn nashrimizda shu yil boshidan “Chanʼe-4” Oyning ort tomoniga muvaffaqiyatli qoʻndirilgani haqida xabar bergandik. Bu insoniyat tarixidagi Hilolning bizga koʻrinmas tomoniga muvaffaqiyatli yuborilgan kosmik uskunaga aylangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oydan keyin navbat Marsga yetadimi?