14:51 / 08.03.2019
4 981

92 yoshli qirolicha Yelizaveta II Instagramʻda ilk postini qoldirdi (foto)

92 yoshli qirolicha Yelizaveta II Instagramʻda ilk postini qoldirdi (foto)
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Instagramʻda ilk postini joylashtirdi deb yozadi Kun.uz nashri.

92 yoshli qirolicha ijtimoiy tarmoqda oʻz akkauntini ochmagan, u oʻz oilasining akkauntidan foydalangan. Britaniya qirollik uyi aʼzolariga ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy akkauntlarga ega boʻlish mumkin emas. Qirollik oilasi aʼzolarining faoliyati va oʻz majburiyatlarini qay darajada bajarayotganlari haqidagi maʼlumotlar buning uchun maxsus yaratilgan mikrobloglarda berib boriladi.

Qirolicha Instagramʻdagi ilk postini Londondagi fan muzeyiga tashrifidan keyin qoldirgan. Qirolicha muzeyda “Mutlaq maxfiy” koʻrgazmasini ochib bergan, bu yerda omma qirollik arxivi taqdim qilgan eksponatlar bilan tanishishi mumkin. Qirolicha koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlardan, ayniqsa bobosining bobosi – shahzoda Albertga yoʻllangan maktubdan taʼsirlanib ketib, muzeyga tashrifi haqida post qoldirishga qaror qilgan.

Shahzoda Albertga yoʻllangan maktubda Charlz Bebbijning analitik mashinasi haqida soʻzlangan.

Foto: instagram/theroyalfamily

Foto: instagram/theroyalfamily

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 92 yoshli qirolicha Yelizaveta II Instagramʻda ilk postini qoldirdi (foto)