10:21 / 09.03.2019
3 951

Maradona Kubada nikohsiz tugʻilgan uch farzandini tan olishga tayyorligini aytdi

Maradona Kubada nikohsiz tugʻilgan uch farzandini tan olishga tayyorligini aytdi
Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona Kubadagi uch farzandining otasi ekanligini tan olmoqchi. Bu haqda uning advokati Matias Morla maʼlum qildi.

“Uning Kubada ikki ayoldan uch farzandi bor. Ular hozircha yuridik tan olinmagan”, deb aytgan Morla Trece telekanali efirida.
Maradona DNK testlari yordamida otaligi tasdiqlanishi bilan farzandlarini tan olishga tayyor.

Advokatning taʼkidlashicha, Diyego oʻz farzandlari bilan aloqani qoʻllab-quvvatlaydi. Agar ular futbolchining farzandlari ekanligi aniqlansa, unda Maradonaning tan olgan farzandlari soni 8 nafarga yetadi.

Maradona Kubada 2000 yildan 2005 yilgacha maʼlum tanaffuslar bilan yashagan va u yerda giyohvandlikdan davolangan.
Ayni vaqtda Maradona Meksikaning “Dorados” klubiga murabbiylik qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maradona Kubada nikohsiz tugʻilgan uch farzandini tan olishga tayyorligini aytdi