13:23 / 09.03.2019
3 811

Oq uyda yana bir isteʼfo roʻy berdi

Oq uyda yana bir isteʼfo roʻy berdi
Oq uyning kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha direktori Bill Shayn isteʼfoga chiqishga qaror qildi. Bu haqda The New York Timesʻga tayanib Kun.uz maʼlum qilmoqda.

Gazeta maʼlumotlariga koʻra, uning isteʼfosi haqidagi xabar koʻplar uchun kutilmagan boʻlib chiqdi.

Aniqlik kiritilishicha, Shayn amaldagi davlat rahbari Donald Trampning kelgusi prezidentlik saylovlarida ishtirokiga tayyorgarlik koʻrish uchun lavozimidan ketishga qaror qildi.

Avvalroq, Tramp davrida Davlat departamentiga ishga kirishni istaganlar soni 2008 yilgi minimal koʻrsatkichga tushib ketgani maʼlum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uyda yana bir isteʼfo roʻy berdi