11:47 / 10.03.2019
3 686

Sheremetyevo aeroportida AQSH elchixonasi xodimi mina olib oʻtishga urindi

Sheremetyevo aeroportida AQSH elchixonasi xodimi mina olib oʻtishga urindi
Moskvaning Sheremetyevo aeroportida AQSH elchixonasi xodimi yuklari ichida mina olib oʻtishga urindi, deb xabar berdi RIA Novostiga tayanib Kun.uz.

“Aftidan, AQSH chegaralarimiz yaqinida muntazam ravishda jangovar kemalar va samolyotlar yordamida igʻvogarona reydlar uyushtirish orqali Rossiyada xavfsizlik taʼminlanganlik darajasini nafaqat tashqaridan, balki ichkaridan ham tekshirishga urinmoqda. Buning ustiga, oʻz elchixonasi xodimlari yordamida”, — deb maʼlum qilgan RIA Novostiga TIV vakili.

Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, AQSH elchixonasi xodimining yuklari tekshirilganida minomyot minasiga oʻxshash buyum borligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, tekshiruv joyiga chaqirilgan portlash texnikasi mutaxassislari uning korpusi ustida portlovchi modda izlari boʻlgan, ammo portlovchi moddasiz mina ekanligini tasdiqlashgan.

Diplomatlarning soʻzlariga koʻra, elchixona xodimi xizmat safari yakunlangani tufayli Rossiyani tark etayotgan boʻlgan va boʻsh minani “shaxsiy kolleksiyasi uchun” olganini taʼkidlagan. U keyingi reys bilan Nyu-Yorkka uchib ketgan, faqat minasiz holda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sheremetyevo aeroportida AQSH elchixonasi xodimi mina olib oʻtishga urindi