16:23 / 10.03.2019
3 756

Seulda oʻzbekistonlik sanʼatkorlar ishtirokida Navroʻz bayram tadbiri oʻtkaziladi

Seulda oʻzbekistonlik sanʼatkorlar ishtirokida Navroʻz bayram tadbiri oʻtkaziladi
Mart—aprel oylarida Janubiy Koreya poytaxti Seulda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan madaniyat tadbirini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, ushbu madaniyat bayramida oʻzbekistonlik sanʼatkor va ijodkorlar ishtirokida katta konsert uyushtiriladi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada bir qator muzokaralar olib borgan.
Tashrif doirasida u “Janubiy Koreya—Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi kotibiyati direktori Lim Chyol Vi bilan uchrashgan. Uchrashuvda ikki mamlakat madaniyat vakillari ishtirokida hamkorlikdagi madaniy tadbirlarni oʻtkazishga kelishib olingan.

Sentabr oyida Oʻzbekistonda Koreya koʻrgazmasini tashkil etishga kelishilgan. Bundan tashqari, 2020 yilda Oʻzbekiston muzey xodimlarining Janubiy Koreyada malaka oshirishlari masalasida muzokaralar olib borilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Seulda oʻzbekistonlik sanʼatkorlar ishtirokida Navroʻz bayram tadbiri oʻtkaziladi