22:32 / 10.03.2019
3 692

Latviya prezidenti Yevropani “Rossiya agressiyasi”ga qarshi birlashishga chaqirdi

Latviya prezidenti Yevropani “Rossiya agressiyasi”ga qarshi birlashishga chaqirdi
Latviya prezidenti Raymond Veyonis Germaniyadagi Spiegel nashriga bergan intervyusida Yevropa mamlakatlarini “Rossiyani toʻxtatish uchun” birlashishga chaqirdi.

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, rasmiy Moskva keyingi vaqtlarda “oʻz geosiyosiy maqsadlariga erishish” uchun agressiv siyosat yuritmoqda.
“Biz qoʻshni davlatlar hisoblanamiz va umumiy iqtisodiy manfaatlarga egamiz, ammo boshqa tomondan biz diqqatli boʻlishimiz kerak. Ular tiyilib turishiga ishonchimiz komil boʻlmogʻi kerak”, degan u.

Veyonis Yevropaga birlik zarurligi, aks holda Rossiya qitʼadagi davlatlarga hujum qilishi mumkinligini qoʻshimcha qilib oʻtgan va Ukrainani misol qilib keltirgan.

Latviya prezidenti rasmiy Moskva “Latviyadagi rus tilli aholiga kuchli taʼsir koʻrsatishi” haqidagi fikrlarini bildirib oʻtgan. Uning aytishicha, bunday taʼsirga tushgan kishilar rus maktablari latish maktablariga aylantirilishiga qarshi aksiyalar uyushtirmoqda.
Bundan tashqari, Veyonis “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishini tanqid qilib, buni “geosiyosiy loyiha” deb atagan.

Bundan avvalroq, Latviyadan tashqari Litva va Polsha ham “Shimoliy oqim-2” qurilishiga qarshi chiqishgandi, bu davlatlar loyiha amalga oshirilishiga qarshiliklarini qoʻshma bayonot orqali bildirishgan. Bu davlatlar yetakchilarining fikricha, loyiha siyosiy hisoblanadi. Rossiya bir necha marta gaz quvurini taʼsir doirasini kengaytirish vositasi sifatida qabul qilmaslikka chaqirgan. Vladimir Putinning soʻzlariga koʻra, rasmiy Moskva bu loyihaga faqat iqtisodiy jihatdan yondashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviya prezidenti Yevropani “Rossiya agressiyasi”ga qarshi birlashishga chaqirdi