16:54 / 11.03.2019
4 783

Qirgʻiziston prezidenti sudyalarga: “Haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni doʻzax kutadi”

Qirgʻiziston prezidenti sudyalarga: “Haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni doʻzax kutadi”
Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 11 mart kuni sudyalar qurultoyida sudyalarga aytib berdi. Bu haqda Akipressʼga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.

“Eng muhimi, qonunlar va Yaratgandan qoʻrqish kerak. Kecha nutqimni tayyorlaganimda, men bir hadisni yodga oldim. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: imtihon uch xil boʻladi. Ikkitasi doʻzaxda, biri jannatda. Agar sudya adolatli qaror chiqarsa, unda uning joyi jannatda boʻladi. Ishni yaxshi tushunmasdan hukm chiqargan yoki haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni esa doʻzax kutadi”, - degan prezident. Shundan keyin u yana bir marotaba hadisni takrorlagan.

“Shu haqda unutmang. Hamma Yaratgan oldida javob beradi”, - dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻiziston prezidenti sudyalarga: “Haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni doʻzax kutadi”