22:55 / 11.03.2019
5 672

Efiopiya samolyotiga kechikkan yagona yoʻlovchi omon qoldi (foto)

Efiopiya samolyotiga kechikkan yagona yoʻlovchi omon qoldi (foto)
Foto: “Facebook”/Antonis Mavropoulos
Efiopiyada “Boeing 737” samolyoti halokatga uchrab, bortidagi barcha insonlar halok boʻlgani haqida xabar bergandik. Afinalik sayyoh Antonis Mavropoulos ham ularning orasida boʻlishi mumkin edi, agar yukini topshirishga ulgurganida, agar ikki daqiqaga kechikmaganida...

Qaygʻuli “Ethiopian Airlines” reysining yagona omon qolgan yoʻlovchisi bu haqda “Greek Reporter”ga soʻzlab bergan.

“Odamlar samolyotga chiqishayotganini oʻz koʻzim bilan koʻrib turardim. Meni esa chiqarishmaganiga juda jahlim chiqqandi”, — dedi Mavropoulos.

Antonis Mavropolulosning aviachiptasi. Foto: “Facebook”/Antonis Mavropoulos

Fojiadan soʻng uni politsiya soʻroqqa chaqirgan: birgina uning samolyotga chiqmagani shubha uygʻotgandi. Biroq yuklari oʻzidaligini koʻrib, qoʻyib yuborishgan.

“Ethiopian Airlines”ga qarashli “Boeing 737” layneri Addis-Abeba (Efiopiya) aeroportidan parvoz qilganidan soʻng oradan olti daqiqa oʻtib, 60 kilometr uzoqlikda qulab tushgan. Samolyot Nayrobi (Keniya)ga uchayotgandi. Uning bortida barcha insonlar — 157 kishi halok boʻlgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Efiopiya samolyotiga kechikkan yagona yoʻlovchi omon qoldi (foto)