Rossiyaning Naberejniye Chelni shahrida siyosiy faollardan boʻlgan Karim Yamadayev prezident Vladimir Putinning “qabrtosh”ini qoʻygan holda hududiy tergov boshqarmasi binosi oldida miting oʻtkazganlikda gumonlanib qoʻlga olindi.
Norozilik aksiyasi 10 mart kuni oʻtkazilgan. Shu kuni Rossiyaning turli shaharlarida Internet erkinligini talab qilib mitinglar oʻtkazilgan. Taxminan soat 08:30 da tergov boshqarmasi binosi oldida metall panjara va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tugʻilgan va “vafot etgan” yillari: 1952—2019-yozilgan “qabrtosh” qoʻyilgan.
Xabarda aytilishicha, ishtirokchilar bunga “Putin erkin internetni dafn qildi, Naberejniye Chelni aholisi Putinni dafn qildi”, — deb izoh bergan.
Karim Yamadayev 10 mart kuni qoʻlga olinib, Naberejniye Chelni markaziy militsiya boʻlimiga olib ketilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi