15:44 / 13.03.2019
4 744

Yaxtadan suvga tushib ketgan sayyoh jinsi shimi sabab halokatdan saqlanib qoldi (video)

Yaxtadan suvga tushib ketgan sayyoh jinsi shimi sabab halokatdan saqlanib qoldi (video)
Yaxtadan suvga tushib ketgan germaniyalik sayyoh jinsi shimi sabab halok boʻlishdan saqlanib qoldi, deb yozadi Daryo nashri.

Arne Myurke akasi bilan Wahoo yaxtasida Oklenddan Braziliyaga ketayotgan boʻlgan. Ular Tolaga togʻi yaqinidan oʻtib ketayotganda gid uni urib yuborgan va u suvga tushib ketgan.

Arne suvda qutqaruv jiletisiz, jinsi shim va futbolkada boʻlgan. Arne akasi unga qutqaruv jiletini tashlagan, soʻng arqon yordamida qutqarishga harakat qilgan. Biroq Myurke ularning oldiga suzib borolmagan.

Shunda u oʻzi bilgan usuldan foydalanib, suvga choʻkib ketishdan saqlanib qolgan. Myurke jinsi shimini yechib, uning uchlarini tugun qilgan va ichiga havo toʻldirib qutqaruv jiletiga oʻxshash narsa yasagan.

Myurke qutqaruv vertolyoti kelgunicha “shishirilgan” shimi yordamida 3,5 soat davomida sovuq suvda turgan.
Quyida ushbu usul koʻrsatilgan video keltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaxtadan suvga tushib ketgan sayyoh jinsi shimi sabab halokatdan saqlanib qoldi (video)