Foto: “Nur.kz”
Bishkekda Saudiya Arabistoniga haj ziyorati uchun yoʻl oladigan hojilar uchun libosni “Qirgʻiziston goʻzali” Aykol Alikjanova tikadi. Sobiq model bir yil avval hijobga kirgan va muslimalarga xos boʻlgan liboslar toʻplamini taqdim qilgan edi, deya xabar beradi “Muslimat.uz”.
Keng bichim, koʻzga tashlanmaydigan ranglar – uning liboslari mamlakatning koʻpchilik aholisi tomonidan iliq kutib olindi. Biroq Aykol haj ziyorati liboslari uchun eng yaxshi dizayn tanlovida qoʻlga kiritgan gʻalabasini oʻzining eng yuksak yutugʻi deb hisoblaydi.
Tanlovda 13 ta nomzod ishtirok etdi. Asosiy eʼtibor kiyimning qulayligi, rangi va dizayniga qaratildi. Hakamlar Aykol tanlagan oq matolarni “havo oʻtkazadigan” va gipoallergen deya baholadi. Saudiya Arabistonida avgustda boʻladigan haj mavsumida havo harorati 40 darajaga yetadi.
“Hamma bir xil libosda boʻlsa, bir-birini topish osonroq boʻladi. Shuningdek, oq liboslarga qarash yoqimli”, deydi Qirgʻiziston musulmonlar diniy idorasi Haj va umra boʻlimi xodimi Abdulaziz Chinibekov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi