09:19 / 14.03.2019
5 257

Estoniya razvedkasi: Belarusdagi inqilob tufayli Rossiya bilan NATO oʻrtasida urush boshlanishi mumkin

Estoniya razvedkasi: Belarusdagi inqilob tufayli Rossiya bilan NATO oʻrtasida urush boshlanishi mumkin
Foto: Rossiya mudofaa vazirligi
Belarusda “rangli inqilob” sodir boʻlsa, Rossiya bilan NATO oʻrtasida urush boshlanishi mumkin, deb yozadi “Daryo”.

Bu haqda Estoniya razvedkasi tomonidan Rossiyaning harbiy mashqlari kuzatish asosida yozilgan “Xalqaro xavfsizlik va Estoniya” maʼruzasida aytilgan.

“Bizning baholashimizcha, agar prezident Aleksandr Lukashenkoning shaxsan oʻzi yoki uning tizimi bilan kutilmagan narsa sodir boʻlsa, Belarusning demokratik gʻarbiy davlatga aylanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Rossiya tomonidan tezkor harbiy harakatlar amalga oshirilishi ehtimoli yuqori boʻladi”, — deb yozilgan hujjatda.

Razvedkachilarning ishonch bildirishicha, soʻnggi 20 yil davomidagi harbiy mashqlar ssenariysi NATOga qarshi kurashni aks ettiradi. Ssenariylar esa, ularning aytishiga koʻra, 2008 yildagi Gruziya voqealaridan keyin ham, Ukrainadagi 2014 yil voqealaridan keyin ham, Suriyada urush boshlanishidan avval ham oʻzgarmagan.

“Harbiy rejalashtirish nuqtayi nazaridan Rossiya Estoniyani yakuniy maqsad sifatida qaramayapti, biroq uni NATOning bir qismi sifatida koʻrmoqda. Shuning uchun hatto Rossiya va NATO oʻrtasidagi ziddiyat dunyoning istalgan nuqtasida boshlansa ham, Estoniya Rossiyaning harbiy hujumiga tayyor turishi kerak”, — deb qayd etilgan hujjatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Estoniya razvedkasi: Belarusdagi inqilob tufayli Rossiya bilan NATO oʻrtasida urush boshlanishi mumkin