Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida yana janjal yuzaga keldi. Bu haqda RIA Novostiga Isfara shahri mahalliy hukumat raisi Iqbol Teshayev maʼlum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, ikki davlat chegarasida mahalliy aholi oʻrtasida yuzaga kelgan janjal tufayli Tojikistonning bir fuqarosi oʻldirilgan, boshqasi esa jarohatlangan.
“Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:15 da qurollangan Qirgʻiziston fuqarolari Tojikiston fuqarolari – “Tojikon” qishlogʻi aholisiga qarata oʻt ochgan. Hozirda bir Tojikiston fuqarosi oʻldirilgani, boshqasi esa jarohatlangani maʼlum. Janjalning qaytadan yuzaga kelish sabablari ham maʼlum emas”, - dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, Tojikistonning Sugʻd viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzodaning Qirgʻiziston vakillari bilan muzokaralar oʻtkazayotganini qaramasdan janjal davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 13 mart kuni chegaraga yaqin hududda joylashgan Qirgʻiziston va Tojikiston aholisi oʻrtasida mojaro yuz bergani haqida xabar qilgan edik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi