23:40 / 15.03.2019
9 168

Nyu-Yorkdagi Botanika bogʻida noyob orxideya gulladi (foto, video)

Nyu-Yorkdagi Botanika bogʻida noyob orxideya gulladi (foto, video)
Noyob orxideya gullari Nyu-Yorkdagi Botanika bogʻida gullagan, deya xabar beradi “Daryo” nashri.

Bogʻdagi gullardan birining nomi singapurlik aktrisa Vanda Avkvafina nomiga qoʻyilgan. Bu Nyu-York bogʻining mashhur shaxs sharafiga nomlangan ilk gulidir. Ushbu gul nomining singapurlik aktrisa sharafiga nomlanishiga asosiy sabab orxideyaning Singapurning davlat ramzi ekanligidadir.

Vanda gibrid orxideya guli — Singapurning milliy gulidir, u kamalak rangidagi gul nomi bilan mashhur, sababi u kamalak rangida gullaydigan yagona gul sanaladi.

Bronks shahrida joylashgan Nyu-York botanika bogʻida millionga yaqin oʻsimlik mavjud. Bu yerda havo harorati har doim kamida 20 daraja Selsiy boʻladi.


Foto: Facebook
Bu bogʻda butun dunyodan oʻsimliklar mavjud. Mart oyida bu bogʻda orxideya gullaydi. Bu yerda jami 7 ming xil orxideya toʻplangan. Bu gullar rangi, shakli, hajmi va xushboʻyligi bilan bir-biridan ajralib turadi. Bu oʻsimliklarning turlari Yerdagi boshqa gullardan koʻra kengroq.

Evolyutsiya nuqtai nazaridan, orxideya dinozavrlarga qaraganda kuchliroq boʻlib chiqdi —ilk gullar 100 million yil oldin paydo boʻlganligi toʻgʻrisida dalillar bor. Oʻrtacha bir yilda 50 kun gullaydi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foto: Facebook


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkdagi Botanika bogʻida noyob orxideya gulladi (foto, video)