14:36 / 16.03.2019
4 033

Shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Kensington saroyidan koʻchib ketmoqda

Shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Kensington saroyidan koʻchib ketmoqda
Foto: “Korrespondent.net”
Buyuk Britaniyada shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Kensington saroyidan koʻchib ketmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

“Ularning Kensingtondan koʻchib ketishi avvaldan rejalashtirilgan edi. Bu keyinchalik gersog va gersoginya oʻz oilasiga ega boʻlganida va Frogmor kottejiga koʻchib oʻtganida ishlarini yengillatadi”, — deyiladi xabarda.

Kottej Vindzorda joylashgan. Gersog va gersoginyaning ofisi ham Bukingem saroyiga koʻchiriladi. Endi ikki qirollik oilasi alohida ofisda ishlaydi.

“Juftlik kommunikatsiya boʻyicha yangi mutaxassisni yollaydi. U qirolicha aloqalari vaziri, Donal MakKeyb va davlat xizmatida boʻlgan bir guruh xodimlar oldida hisobot beradi”, — deyiladi xabarda.

Qirollik oilasiga yaqin insonlar mana shu bahorda oʻzgarishlar boʻlishini taxmin qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Kensington saroyidan koʻchib ketmoqda