16:06 / 16.03.2019
3 493

Tramp Obamani oʻzini kuzatganlikda aybladi

Tramp Obamani oʻzini kuzatganlikda aybladi
AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining Twitterʻdagi sahifasida sobiq FQB agenti Piter Strzokning koʻrsatmalari rasshifrovkasini keltirdi. Unda Barak Obamaning prezidentlik davrida Amerika maxsus xizmatlari Tramp faoliyatini kuzatgani haqida aytiladi, deb “Daryo” xabar bermoqda.

Tramp bu maʼlumot Rossiyaning 2016 yilda AQSHda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlariga aralashuvi haqidagi ishni tekshiradigan maxsus prokuror Robert Myullerning yakuniy hisobotiga kiritilishiga umid bildirdi.

“Bu Obama davridagi FQB, Adliya vazirligi va Markaziy razvedka boshqarmasidan iborat jamoa 2015 yilgacha prezident Trampni kuzatib borish (va olib tashlash) uchun birgalikda harakat qilganiga yangi dalildir”, — deydi Tramp Strzokka tayanib.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Obamani oʻzini kuzatganlikda aybladi