00:13 / 17.03.2019
5 863

Yangi Zelandiyadagi terakt haqidagi soʻzlari uchun avstraliyalik senatorning boshiga tuxum bilan urishdi (video)

Yangi Zelandiyadagi terakt haqidagi soʻzlari uchun avstraliyalik senatorning boshiga tuxum bilan urishdi (video)
Avstraliyalik senator Freyzer Enning oʻziga tuxum uloqtirgan oʻsmirni kaltakladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Voqea siyosatchining Melburnda jurnalistlar oldida chiqishi paytida yuz bergan. Oʻsmir Enningning ortidan kelib uning boshiga pishmagan tuxum uloqtirgan.

Senator unga javoban oʻsmirga tashlanib bir necha bor zarba bergan, siyosatchining tarafdorlari esa oʻsmirni yerga qulatishgan.

Oʻsmir politsiya tomonidan qoʻlga olingan va keyinroq qoʻyib yuborilgan.

Qayd etilishicha, Avstraliya parlamentida Kvinslend shtati nomidan chiquvchi Enning qoʻshni Yangi Zelandiyada sodir etilgan terakt haqida keskin fikr bildirgan.

Senator ushbu hodisaning asl sababi mamlakatdagi qurol savdosi boʻyicha qonunlar emas, mutaassib musulmonlarning ommaviy migratsiyasi ekanligini aytgan. Keyinroq Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison uning soʻzlarini “jirkanch”, uning nuqtai nazarini esa mamlakat parlamenti uchun nomunosib deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyadagi terakt haqidagi soʻzlari uchun avstraliyalik senatorning boshiga tuxum bilan urishdi (video)