12:30 / 17.03.2019
5 279

Yangi Zelandiyaning yuqori martabali politsiyachisi teraktdan soʻng koʻz yoshini yashirmadi (video)

Yangi Zelandiyaning yuqori martabali politsiyachisi teraktdan soʻng koʻz yoshini yashirmadi (video)
Yangi Zelandiya politsiyasining yuqori martabali xodimi Noila Hassan Kraystcherchda yuz bergan terakt oqibatida halok boʻlgan musulmonlarni xotirlab, koʻz yoshlarini yashirmadi. 2018 yilda oʻzining musulmon ekanini ommaviy eʼlon qilgan politsiyachi Oklend shahri markazidagi maydonda yigʻilgan olomon qarshisida “musulmon va Yangi Zelandiya politsiyasi yetakchilaridan biri” ekanligidan faxrlanishini yana bir marta takrorladi.

15 mart kuni Kraystcherch shahridagi ikkita masjidda odamlar oʻqqa tutilgan. Oqibatda 50 kishi halok boʻlgan.

Voqeadan ikki kun oʻtib, musulmon politsiyachi Noila Hassan omma oldida nutq irod etdi. U soʻzlarini Allohga hamd, Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga salovatlar aytish bilan boshlagan.
Superintendent Naila Hassan speaks at vigil for Christchurch victims

"I am a proud Muslim and I am a leader in the NZ Police and I am horrified at the events in Christchurch." Watch this emotional and powerful speech from Superintendent Naila Hassan - NZ's highest ranking Muslim Police officer, at today's vigil at Aotea Square for the victims of the Christchurch tragedy.

Опубликовано Counties Manukau Police Пятница, 15 марта 2019 г.

“Men jamoatimizning tinchligi va xavfsizligini taʼminlash uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solishimizni bildirmoqchiman. Bilaman, bu musulmon jamoati uchun ogʻir, ayni paytda barcha uchun qaygʻuli payt”, - deydi u.

Hassan xonimning taʼkidlashicha, masjidlar atrofida nozirlar soni koʻpaytirilgan. Undan soʻng nutq qilgan mahalliy musulmonlar jamoati yetakchisi politsiya tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor uchun minnatdorchilik bildirgan.

Bu voqeaga Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham munosabat bildirib, 17 mart kuni mamlakatning barcha masjidlarida teraktda halok boʻlganlar haqqiga Qurʼoni karim tilovati va duolar qilishni tavsiya etgan.

"Butun dunyo moʻmin-musulmonlari, ulamolari, din va davlat arboblari ushbu uyushtirilgan terrorchilik oqibatida halok boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirmoqda”, – deyiladi muftiyning murojaatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyaning yuqori martabali politsiyachisi teraktdan soʻng koʻz yoshini yashirmadi (video)