18:30 / 17.03.2019
9 626

Yangi Zelandiya bosh vaziri teraktdan 9 daqiqa oldin terrorchidan xat olgan

Yangi Zelandiya bosh vaziri teraktdan 9 daqiqa oldin terrorchidan xat olgan
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern 15 mart kuni Kraystcherch shaharchasida sodir etilgan teraktdan 9 daqiqa oldin terrorchidan xat olgan. Bu haqda The Guardianʻga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, bosh vazir kanselyariyasi otishma boshlanishidan 9 daqiqa avval elektron pochta orqali terrorchi Brendon Tarrantdan xat olgan.

“Unda joy nomi yoki biror aniq detal haqida soʻz bormagan”, deya bosh vazirning soʻzlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.

Ardern xonimning aytishicha, bu xat kelganidan ikki daqiqa oʻtib xavfsizlik organlari xatning mazmunidan ogohlantirilgan. Tarrant xatni nafaqat bosh vazirga, balki yana 30ta elektron manzil boʻylab yuborgan.

15 mart kuni Brendon Tarrant Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlardan biriga bostirib kirib, 17 daqiqa davomida odamlarga qarata oʻq uzgan va buni Facebook orqali jonli translyatsiya qilgandi. Terakt oqibatida 50 kishi halok boʻlgan, oʻnlab kishilar halok boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiya bosh vaziri teraktdan 9 daqiqa oldin terrorchidan xat olgan