18:25 / 20.03.2019
7 464

Rossiya Qrimga Yevropaning istalgan nuqtasiga zarba bera oluvchi qiruvchi samolyotlarni joylashtirdi

Rossiya Qrimga Yevropaning istalgan nuqtasiga zarba bera oluvchi qiruvchi samolyotlarni joylashtirdi
Ular Tu-22M3 rusumli qiruvchi samolyotlari boʻlib, faqat olis masofadagi obyektlarni bombardimon qilish uchun moʻljallangan. Rossiya mudofaa ishlari boʻyicha federatsiya kengashi raisi Viktor Bondarevning gapiga koʻra, qiruvchi samolyotlar Yevropaning istalgan nuqtasidagi havo hujumlari va raketa hujumlariga qarshi tizimni yoʻq qilishga qodir.

Bu harakatlar Amerikaning Ruminiyaga oʻrnatgan raketa mudofaasiga qarshi tizimiga javob sifatida sodir etilgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov shu yil fevralida Amerika Ruminiyaga 24 ta “Tomogavk” yadro variantidagi raketalarni joylashtirishi haqida aytib oʻtgandi. Bir soʻz bilan aytganda, ayni paytda ikki yadroviy davlat qurollanish poygasini tobora keskin tus oldirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Qrimga Yevropaning istalgan nuqtasiga zarba bera oluvchi qiruvchi samolyotlarni joylashtirdi