21:34 / 20.03.2019
6 665

Suriyada ISHID terrorchilari soʻnggi urushga ayollar va bolalarni yubordi

Suriyada ISHID terrorchilari soʻnggi urushga ayollar va bolalarni yubordi
Foto: “Dosug.md”
ISHID terrorchilari Suriyadagi Deyr-ez-Zor viloyatidagi ayollar va bolalarni soʻnggi tayanch uchun jangga yubordi. Bu haqda Al-Masdar Newsʻga tayanib “Daryo” xabar qilmoqda.

Jihodchilar yuzga yaqin ayol va bolalarni pana qilib, Bogʻuzdagi Suriya Demokratik kuchlariga hujum qildi. Ayrim xabarlarga koʻra, SDK 18 mart, dushanba kuni bir necha jangchilarni yoʻqotgandan keyin taslim boʻldi. Jangchilarning soʻzlariga koʻra, ular ayollar tomonidan hujumga uchragan. Manbaga koʻra, bundan oldin ISHID harbiy harakatlarida ayollar va bolalar qatnashmagan.

“Suriya demokratik kuchlari” Bogʻuz yaqinidagi ISHID qoldiqlariga hujum qilmoqda. SDK matbuot markazining boshligʻi Mustafo Bali jihodchilarning ommaviy ravishda taslim boʻlayotganini maʼlum qildi: bir kun ichida uch ming terrorchi qurol tashladi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada ISHID terrorchilari soʻnggi urushga ayollar va bolalarni yubordi