Foto: Google Images
22 fevralda uzoqdagi asteroidga qoʻngan Yaponiyaning Hayabusa2 kosmik kemasi 5 aprel kuni unga portlovchi modda tushiradi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”ga asosan Daryo.
Bu asteroidda hosil boʻlgan kraterdan quyosh tizimining qanday paydo boʻlganini aniqlashda yordam beruvchi yer osti namunalarini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Xabarda aytilishicha, yer ostining chuqurroq qismidan quyosh va radiatsiya taʼsir etmagan namunalarni olish uchun Hayabusa2 beysbol koptogi kattaligidagi, ogʻirligi ikki kilogramm boʻlgan zarba beruvchi qurilmani tashlaydi.
JAXA loyihasi muhandisi Takanao Saeko buni amalga oshirish uchun portlash vaqtida otilgan parchalardan zarar koʻrmaslik uchun kosmik kema asteroidning boshqa tarafiga tezda oʻtishi kerakligi va bu juda qiyin boʻlishini taʼkidlagan.
Rejaga koʻra, Hayabusa2 natijani qayd etish uchun kamera qoldirib ketadi. Kosmik kema kuzatish maqsadida krater hududiga qaytib kelishdan avval bir necha hafta kutishiga toʻgʻri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi