09:53 / 24.03.2019
2 904

Ispaniyada banklarni tunagan “qaroqchi chollar” qoʻlga olindi

Ispaniyada banklarni tunagan “qaroqchi chollar” qoʻlga olindi
Ispaniya politsiyasi Barselonada ikki bankka hujum qilgan va Madridda shunday oʻgʻrilikni rejalashtirgan ikki keksa erkakni qoʻlga oldi.
Taʼkidlanishicha, qoʻlga olingan oʻgʻrilar 73 va 80 yoshda boʻlgan.

Oʻgʻriliklar bir xil reja boʻyicha 2 oy farq bilan amalga oshirilgan – erkaklar yorugʻlik akslantiruvchi kiyimda bank boʻlimlariga bostirib kirib, bank xodimlariga qurol bilan tahdid qilib, ulardan seyflardagi pullarni berishni talab qilishgan. Soʻngra bank xodimlari va mijozlarning qoʻllarini bogʻlab, voqea joyidan jamoat transportida joʻnab qolishgan. Ular birinchi oʻgʻrilikda 32 ming yevro, ikkinchisida 45 ming yevro qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishgan.

“Qaroqchi chollar” shunday oʻgʻrilikni Madridda ham amalga oshirishmoqchi boʻlishgan-da, hibsga olinganlar. Erkaklarni ushlash boʻyicha Vendrel munitsipalitetida operatsiya oʻtkazilgan. Jinoyatchilarning birining uyida marixuana plantatsiyasi aniqlangan. Bu plantatsiya yana boshqa bir erkakka tegishli boʻlgan, u ham hibsga olingan.

Ikkinchi oʻgʻri Madridda ushlangan. Shuningdek, navbatdagi oʻgʻrilikni amalga oshirishga aloqador boʻlgan yana bir kishi qoʻlga olingan.

Qoʻlga olingan jinoyatchilar Janubiy Amerika davlatlarining biridan boʻlib, Italiyada amalga oshirgan bir qator jinoyatlari uchun qidiruvda boʻlganlar. Ispaniyadagi operatsiya milliy politsiya va Kataloniya politsiyasi xodimlari hamda italiyalik karabinerlar ishtirokida oʻtgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada banklarni tunagan “qaroqchi chollar” qoʻlga olindi