10:27 / 25.03.2019
2 578

Istanbulda Erdoʻgʻan partiyasini 1,6 mln kishi qoʻllab-quvvatladi (video)

Istanbulda Erdoʻgʻan partiyasini 1,6 mln kishi qoʻllab-quvvatladi (video)
24 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan yetakchilik qiladigan Adolat va rivojlanish partiyasini qoʻllab-quvvatlagani tashviqot mitingida 1,6 mln kishi ishtirok etdi. Bu haqda Daily Sabah nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Erdoʻgʻan namoyishchilarga yuzlanib, Istanbulda Tuzla texnologik vodiysi ochilishini eʼlon qilgan. Uning taʼkidlashicha, bu vodiy 20 mingta yangi ish oʻrni yaratishga imkon beradi. Loyiha qiymati 1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Erdoʻgʻanning taʼkidlashicha, vodiyda vaksina, kontakt linza va kimyoterapiya uchun dori vositalari kabi turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Turkiya prezidenti, shuningdek, Istanbulda imkoniyati cheklangan 200 ming kishi davolanishi mumkin boʻladigan 17 ta reabilitatsiya markazi ochishga vaʼda bergan.

Turkiyada 31 mart kuni mahalliy saylovlar boʻlib oʻtadi. Unda Turkiya fuqarolari 20 mingdan koʻproq mansabdor shaxslar, jumladan shahar va tuman kengashlari merlarini saylashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda Erdoʻgʻan partiyasini 1,6 mln kishi qoʻllab-quvvatladi (video)