AQSH prezidenti Donald Tramp yetakchi ommaviy axborot vositalarini “xalq dushmanlari” deb atadi va ularni korrupsiyada aybladi.
“Yetakchi ommaviy axborot vositalari tanqid oloviga duch kelishdi va butun dunyo korrupsiyalashgan va soxtakor deya ularning ustidan kulmoqda. Ular ikki yil davomida aslida kelishuv yoʻq boʻlsa-da, Rossiya bilan kelishib olganlik haqidagi xomxayollarini ilgari surishdi. Ular darhaqiqat xalq dushmanlari va muxolifatchi partiya!”, - deb yozdi Tramp Twitterʻda.
Avvalroq AQSH bosh prokurori Uilyam Barr kongressga Donald Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari boʻyicha surishtiruv olib borgan maxsus prokuror Robert Myullerning hisobotini taqdim etgandi.
“Surishtiruv Tramp kampaniyasi ishtirokchilari yoki u bilan aloqador shaxslarning 2016 yilgi AQSH prezidenti saylovlariga taʼsir koʻrsatish uchun Rossiya bilan til biriktirgani yoki aloqa qilganini aniqlamadi”, — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!