19:32 / 28.03.2019
6 399

20 yoshli ayol bir oyda ikki marta farzand koʻrdi

20 yoshli ayol bir oyda ikki marta farzand koʻrdi
Bangladeshlik ayol birinchi farzandini tuqqach 26 kundan soʻng yana egizaklarni dunyoga keltiradi. Bu haqda Sof.uz nashri xabar qildi.

20 yoshli Arif Sultona birinchi farzand fevral oxirida tugʻadi. Biroq bir oydan oʻtgach, 22 mart kuni yana shifoxonaga tushadi. Shifokor koʻrigidan soʻng, unda yana ikkita bola borligi maʼlum boʻldi.

U yerda yosh ona yana oʻgʻil va qizni dunyoga keltiradi. Sodir boʻlgan holat moʻjizaga oʻxshaydi. Shifokorlar ayolda noyob anomaliyani, yaʼni unda ikkinchi bachadon borligini aniqlashadi. 26 mart kuni Sultona shifoxonadan ikkita chaqaloq bilan uyga qaytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 20 yoshli ayol bir oyda ikki marta farzand koʻrdi