Montana texnologiya universiteti professori Maykl Masters yaqinda uchar obyektlar mavzusida hujjatli romanini chop etdi. Romanda olim asosan biz oʻzga sayyoralik deb biladigan gumanoidlar, uchar tovoqlar haqida soʻz yuritgan. Maʼlum boʻlishicha, Maykl Mastersning bu masaladagi fikrlari bizlarning fikrimizga butkul qarama-qarshi ekan. Yaʼni, u deyarli tez-tez osmonda paydo boʻladigan uchar kemalar, gumanoidlar aslida oʻzga sayyoraliklar emas, aksincha bizning kelajagimizdan tashrif buyurayotgan avlodlarimiz ekanini oʻz romanida isbotlashga uringan.
Buning uchun Masters minglab odamlarning oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashuvlari, uchar kemalardan tushib kelgan bir nechtagina barmoqli, boʻyi past, terisi kulrang, boshi katta, bir koʻzli jonzotlar haqidagi hodisalarni oʻrgandi. Va bir toʻxtamga keldi. Bunga koʻra, biz oʻzga sayyoralikka yoʻyganlar aslida kelajak avlodlarimiz ekan.
— Bir kun keladi, — dedi professor. — Taraqqiyot, tabiat kelajakdagi avlodlarimizni bizga u qadar oʻxshamaydigan tusga kiritib qoʻyadi. Vaqt mashinasi yaratiladi. Texnologiya taraqqiyotning eng yuqori choʻqqilarini zabt etadi. Ana shunda ular bemalol oʻtmishga qaytib, hozirgi dunyomizni kuzatish imkoniga ega boʻlishadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi