15:30 / 31.03.2019
6 019

Trampning soʻzlaridan soʻng arablar shoshilinch yigʻilish oʻtkazmoqda

Trampning soʻzlaridan soʻng arablar shoshilinch yigʻilish oʻtkazmoqda
Amerika prezidenti Donald Tramp AQSH uchun Isroilning Joʻlan tepaliklari ustidan suverenitetini tan olish vaqti kelganligini bildirgandi. Mintaqaviy ixtiloflar ichida qolgan arab davlatlari Trampning soʻzlaridan soʻng jipslashish harakatiga tushdi. Ular 1967 yili Isroil tomonidan egallab olingan Joʻlan tepaligi boʻyicha AQSH qaroriga qarshi turmoqda.

Jazoir va Sudandagi namoyishlar, Saudiya boshliq koalitsiya va Yaman ziddiyati, Fors koʻrfazidagi geosiyosiy kurash hamda Qatarning yakkalanib qolgani yetmaganday, arab davlatlari AQSH prezidentiga ham munosib javob qaytarishi lozim.

Dastlab, Al-Quds shahrini Isroil poytaxti deb tan olgan Donald Tramp oradan toʻrt oy oʻtmay Joʻlan tepaligi ustidan nazoratning ham qonuniyligini tan olish vaqti kelganidan soʻz ochdi.

Livan Tashqi ishlar vaziri Jibron Basilning aytishicha, arab davlatlari TIV rahbarlari AQSHning harakati BMT ustaviga nomuvofiq deb topgan. Shunga qaramay, Arab davlatlari ligasining 22 aʼzosi mintaqa hayotiga oid boshqa masalalarda kelisha olmasligi vaziyatni chigallashtiradi.

ADL yakshanba kuni shoshilinch yigʻilish chaqirgan boʻlib, unda Isroil tomonidan tortib olingan Joʻlan tepaligi ustidan nazoratning oʻrnatilishi muhokama etiladi.

2017 yildan buyon birinchi marta Qatar va Saudiya vakillari bir stol qarshisida umumiy masalani muhokama qilishi kutilmoqda. Ammo Jazoir va Sudan rahbarlari ichki siyosiy inqirozlar tufayli yigʻilishda ishtirok etishmaydi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning soʻzlaridan soʻng arablar shoshilinch yigʻilish oʻtkazmoqda