06:53 / 01.04.2019
3 867

Itlar oʻta xavfli xastaliklarga tashhis qoʻyishda tengsizdir

Itlar oʻta xavfli xastaliklarga tashhis qoʻyishda tengsizdir
“Medical Detection Dogs” tashkiloti mutaxassislari oʻnlab itlarni xavfli xastaliklarni ilk bosqichdayoq aniqlashga oʻrgata olishdi. Aytishlaricha, bu itlar 5 million litr suvga bir choy qoshiq shakar qoʻshsangiz ham darhol suv tarkibida shakar borligini koʻrsatib bera oladi.

Bu itlar saraton, qandli diabet, Parkinson, malyariya kabi xastaliklarni ter hidi yordamida aniqlab beradi. Dastlabki eksperimentlardayoq itlar ter hidining bir nechta koʻrinishlarini hidlab ular orasidan xastalik paytida paydo boʻladigan ter hidini koʻrsatib bera oldi. Natija 99 foizni tashkil etdi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Itlar oʻta xavfli xastaliklarga tashhis qoʻyishda tengsizdir