Qatar amiri Tamim Ol Soniy Arab davlatlari ligasining Tunisdagi sammiti ochilishini tabrik nutqini aytmagan holda toʻsatdan tark etdi.
Qatar yangiliklar agentligining xabar berishicha, amir arab davlatlari yetakchilari yigʻilishi oʻtayotgan zalni tark etib, aeroportga joʻnagan.
30 martda Qatar amiri qoʻshni davlatlar bilan ziddiyatlarga qaramasdan sammitda oʻz davlati delegatsiyasiga boshchilik qilishi maʼlum boʻlgandi.
Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr 2017 yilda Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan. Bu davlatlar Qatarni terrorchilikni qoʻllab-quvvatlashda ayblab, unga qarshi transport blokadasi kiritishgan. Biroq Tunis arab davlatlarining bu qarorini qoʻllab-quvvatlamay, aksincha Doha bilan yanada yaqin aloqalar oʻrnatgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?