14:54 / 02.04.2019
3 178

Facebook Yangi Zelandiyadagi masjid teraktiga oid 1,5 mln. ta videolarni oʻchirdi

Facebook Yangi Zelandiyadagi masjid teraktiga oid 1,5 mln. ta videolarni oʻchirdi
Facebook Yangi Zelandiyadagi masjidga boʻlgan hujumdan soʻng 24 soat davomida ijtimoiy tarmoqda 1,5 mln. video oʻchirilganligi toʻgʻrisida xabar berdi.

Facebookning tvitterdagi rasmiy sahifasida taʼkidlanishicha ushbu video oʻchirilganidan soʻng 1,2 mln. marotaba ijtimoiy tarmoqqa terakt videosini qayta yuklashga boʻlgan urinishlar taʼqiqlab qoʻyilgan.

Shuningdek, Facebookning Yangi Zelandiyadagi rahbari ijtimoiy tarmoqdagi videoni hujumdan qurbon boʻlganlarning yaqinlariga hurmat sifatida olib tashlanganini taʼkidladi.

Yangi Zelandiyadagi masjidga boʻlgan hujum oqibatida 50 ga yaqin kishi halok boʻlgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Facebook Yangi Zelandiyadagi masjid teraktiga oid 1,5 mln. ta videolarni oʻchirdi