12:23 / 03.04.2019
2 031

Hindistonda dunyodagi birinchi shishali masjid qurildi

Hindistonda dunyodagi birinchi shishali masjid qurildi

Foto: “Muslim.uz”
Hindistonning Megxalaya shtati Shillong shahrida dunyodagi birinchi shishali masjid paydo boʻldi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati.

“Ushbu masjid barcha dinlarning birligi ramzi hisoblanadi”, — deydi Hindiston milliy ozchilik ishlari boʻyicha Ittifoq davlat vaziri Vinsent H. Pala.

Vazir Madina masjidi deb nomlangan va Hindistondagi faqat shishadan qurilgan toʻrt qavatli ilk masjidning oʻziga xosligi va alohida maʼnaviy muhitini taʼkidladi.

Tungi vaqtda sunʼiy qoʻshimcha yoritish vositalari sababli masjid oʻzgacha tarzda charaqlab turadi. Bir necha ming namozxonlarga moʻljallangan masjidda ayollar uchun alohida xonalar koʻzda tutilgan.

Bu masjidda shuningdek boʻlajak imom-xatiblarni yetishtirib chiqaradigan dinshunoslik instituti faoliyat yuritadi. Madina masjidi islom fanlari va dunyo dinlari haqidagi adabiyotlardan iborat kutubxona mavjud. Bu yerda istovchilarga Islom dini haqida maʼruzalar va darslar beriladi, buning uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

Shuni taʼkidlash lozimki, aholisi 1,1 milliard boʻlgan Hindistonning 160 millionini musulmonlar tashkil etadi. Musulmon aholisining soni boʻyicha Hindiston dunyoda Indoneziya va Pokistondan keyin uchinchi oʻrinda turadi.

Hindiston shishali masjid Madina
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)