19:30 / 03.04.2019
7 843

Fazilat xonimning toʻngʻich qizi Hazan (Deniz Baysal) haqida siz bilmaganlar…

Fazilat xonimning toʻngʻich qizi Hazan (Deniz Baysal) haqida siz bilmaganlar…

“Fazilat xonim va uning qizlari” seriali maishiy, ammo juda qiziqarli mavzusi bilan tomoshabinlar eʼtiborini jalb qildi. Serial qahramonlarining har biri oʻzicha bir olam. Fazilat xonimning toʻngʻich qizi Hazan toʻgʻriligi, dadilligi va samimiyligi bilan muxlislarga maʼqul boʻldi. Bu rolni ekranda aktrisa Deniz Baysal gavdalantirgan.

Deniz Baysal 1991 yil 5 aprelda Qarshiyoqada, Izmir shahrida tugʻildi. Deniz ota-onasining yolgʻiz farzandi boʻlsa-da, otasi va onasining avvalgi nikohlaridan oʻgay opalari bor. Biroq ota-onasi ham u olti yoshga toʻlganda ajrashib ketdi. Qizcha onasi bilan yashar, yozgi taʼtilni esa otasinikida oʻtkazardi. Otasi uch marta uylangan.

Deniz oʻn yoshida maktab teatrida oʻynay boshladi. U koʻpincha masxaraboz rolini oʻynar, bolalar spektakllarida muntazam qatnashardi. Teatr oʻqituvchisining qoʻllab-quvvatlashi bilan Deniz aktyorlik faoliyatini boshladi, ammo ustozi qizni agentlikka yozdirib qoʻydi. Oʻrta maktabda esa Deniz basketbolga qiziqdi, biroq oʻyinlardan birida baxtsiz hodisa yuz berib, burnini sindirib oldi. Shundan soʻng boʻlajak aktrisa rinoplastika qildirdi, ammo lablari tabiiy — bu haqda Denizdan ham koʻp soʻrashadi.

2009 yilda Deniz Jelal Bayar universitetining oliy savdo fakultetiga oʻqishga kirdi.
Deniz taom tayyorlashni, kitob oʻqishni, televizor koʻrishni yoqtiradi, soatlab yolgʻiz sayr qiladi.
Denizning sevimli aktyori — Enes Arikan. “Victoiraʻs Secret Moonlight Dream” iforidan foydalanadi.
Deniz pochchasi bilan birga Istanbulda qahvaxona ochgan.

Denizning ilk televizion ishi Berguzar Koʻrel va Bulent Inal ishtirokidagi “Tugallanmagan qoʻshiq” seriali boʻldi. Baysal bu serialda epizodik rolni oʻynadi. 2011 yilda u Shukru Oʻzyildiz ishtirok etgan “Chuqur suvlar” serialida suratga tushdi. Bu serialda Deniz bosh rollardan birini ijro etdi. Keyin “Otalar va bolalar”, “Yoʻqolgan shahar”, “Muhabbat, non va orzular” seriallarida ham suratga tushdi.

2014 yilda suratga olingan “Qochoq kelinlar” seriali Denizga mashhurlik keltirdi. Loyihada suratga tushayotganda uning Furkan Andich bilan munosabatlari boshlandi. Juftlik ikki yil uchrashib yurgach, munosabatlariga nuqta qoʻydi. Mish-mishlarga qaraganda, ular Furkanning xiyonati tufayli ajralgan. 2015 yilda Deniz “Ruh tanni tark etganda” internet-serialida suratga tushdi. “Oq yolgʻon” seriali reyting qurboni boʻldi — uni 6-qismdayoq yakunlab qoʻyishdi.

2016 yilda Deniz “Qush qanotidagi sevgi” serialida suratga tushdi, biroq 15-qismdan soʻng “Roʻzgʻorning yuragi” serialida bosh rolni ijro qilish uchun tark etdi. Suratga olish maydonchasida u yana muhabbatini topdi. Deniz aktyor Ugur Kurulga koʻngil qoʻydi. Biroq ularning munosabatlari uzoq choʻzilmadi, ikki oydan soʻng koʻp jihatdan kelisholmaganliklari sababli ajralishdi.

Deniz 2016 yilning oxiridan Barish Yurtju, “Kolpa” guruhining yakkaxoni bilan uchrashmoqda. 2017 yilning fevralida hatto guruhning “Tasma” qoʻshigʻiga ishlangan klipda suratga tushdi.

2017 yilda ishlangan “Fazilat xonim va uning qizlari” seriali Deniz Baysalni chindan mashhur qildi. Bu loyihada u aka-uka — Yagʻiz va Sinan Egemen sevadigan Hazan Chamkiran rolini oʻynadi. 2018 yilda Deniz “Vaʼda” serialida suratga tushishni boshladi.

Manba: Hordiq.uz

Fazilat xonim Hazan Deniz Baysal
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (1)