12:16 / 05.04.2019
3 462

Efiopiyada halokatga uchragan Boeing 737 uchuvchilarining oxirgi so‘zlari ma’lum bo‘ldi

Efiopiyada halokatga uchragan Boeing 737 uchuvchilarining oxirgi so‘zlari ma’lum bo‘ldi
Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Efiopiyada 10 mart kuni halokatga uchragan Boeing 737 Max yo‘lovchi samolyoti uchuvchilari samolyot sho‘ng‘ishni boshlab, yerga urilishi oldidan uning tumshug‘ini to‘g‘rilashga harakat qilishgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, efiopiyalik tergovchilar samolyot qanotidagi hujum burchagi datchigi qush yoki boshqa yot jism bilan to‘qnashuvdan so‘ng ishdan chiqqach uchuvchilar dastaki boshqaruvga o‘tishganini o‘rnatishgan.

Taxmin qilinishicha, uchuvchilar samolyotning holati haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar sababli uning tumshug‘ini pastga tushira boshlagan manyovrlashni to‘g‘rilash tizimini (MCAS) o‘chirishgan.

“Ekspertiza ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hujum burchagining ikkita tashqi datchigi turli ko‘rsatmalar bergan: chapdagisi 74,5 darajani, o‘ngdagisi esa 15,3 darajani ko‘rsatgan”, deyilgan xabarda.

Bundan uchuvchilarning o‘zaro suhbatlari ham darak bermoqda. Ular o‘ng datchikdagi ko‘rsatmalar chapdagisidan farqlanayotganini ta’kidlab, “Chap alfa-flyuger!” deb hayqirishgan.

Efiopiya transport vaziri Dagmavit Mogesning aytishicha, ekipaj samolyot ustidan nazoratni tiklashga harakat qilgan, biroq samolyot tumshug‘i pastga qarab ketavergan.

Uchuvchilar suhbatlaridan samolyot yerga urilishidan oldin ekipaj sardori Yared Getachyu “Yuqoriga tort” deb baqirgani ma’lum bo‘lgan.
Samolyot havoga ko‘tarilgandan bir necha daqiqa keyin halokatga uchragan. Halokat oqibatida 157 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Efiopiyada halokatga uchragan Boeing 737 uchuvchilarining oxirgi so‘zlari ma’lum bo‘ldi