Liviyaning milliy kelishuv hukumati Liviya milliy armiyasining Tripolining eski aeroportidagi an-Naqilya bazasiga aviazarbalar berdi. Bu haqda harbiy manba xabar bergan deb yozadi Kun.uz nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, bu Liviya milliy armiyasining Tripoli tomon bostirib borayotgani bilan bog‘langan.
O‘z navbatida, marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi milliy armiya poytaxt Tripoli osmonida javob havo operatsiyasini boshlagan. Operatsiyadan maqsad qurollangan guruhlar pozitsiyalari va ularning Tripolidagi texnikasi to‘plangan yerlarga zarba berishdan iborat. Mahalliy manbalarning tasdiqlashicha, Haftar tomonidan nazorat qilinayotgan Vodiy ar-Robiy aholi punktiga harbiy samolyotlar kelmoqda.
4 aprelda Haftar Tripolini terrorchilardan ozod qilish uchun u yerga hujum boshlashga buyruq bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, milliy armiya Tripolining janubi-g‘arbidagi bir nechta hududlarni jangsiz egallashga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi