12:25 / 09.04.2019
3 825

Xitoyda 26-qavatdan tushib ketgan 6 yoshli qiz omon qoldi (video)

Xitoyda 26-qavatdan tushib ketgan 6 yoshli qiz omon qoldi (video)
Xitoyda 6 yoshli qizcha 26-qavatdagi xonadon oynasidan tushib ketib, tirik qoldi deb xabar qilmoqda Kuun.uz nashri.

Ushbu holat pastdagi kuzatuv kamerasida qayd qilingan. Videoda qizcha oynadan tushib ketib, pastdagi avtoturargoh soyaboni tomini teshib o‘tganini ko‘rish mumkin. Qizcha yerga tushgach, o‘rnidan turib biroz oqsoqlagancha nari ketgan.

Qizchani o‘limdan avtoturargoh soyaboni qutqarib qolgan. Guvohlar qizchani mahalliy shifoxonaga olib borishgan, u yerda qizchaga qo‘l sinishi tashxisi qo‘yilgan.

Aniqlanishicha, qizcha kunduzi uyquda bo‘lganda bir o‘zi qoldirib ketilgan. U uyqudan turib, ota-onasini topolmagach, ko‘chaga chiqmoqchi bo‘lgan va bexosdan oynadan tushib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 26-qavatdan tushib ketgan 6 yoshli qiz omon qoldi (video)