15:56 / 09.04.2019
3 571

Xitoy fuqarosi 54 yil davomida sochini o‘stirdi (video)

Xitoy fuqarosi 54 yil davomida sochini o‘stirdi (video)
Xitoyning Sichuan provinsiyasida istiqomat qiluvchi keksa odam 54 yil davomida sochini kesmadi, deya ma’lum qilmoqda Darakchi nashri.

77 yoshli Ake Ichjenning ta’kidlashicha, 50 yildan ortiq vaqt davomida sochiga umuman tig‘ tekkizmagan. U 23 yoshidan boshlab sochini o‘stira boshlagan. Negaki buni sog‘liq uchun foydali deb hisoblagan. Akening aytishicha, 70-yillarning so‘ngida unga sochini olishi uchun 3 ming yuan taklif qilishgan. Ake rad etgan.

Uzun sochlar noqulayliktug‘dirsa-da, Ake bundan shikoyat qilmaydi. “Bu holat uning uchun normal holat, – deydi Akening rafiqasi. – U haftada kamida ikki marta sartaroshxonaga boradi, u yerda sochini yuvishadi, turmaklashadi. Ikki-uch kishi uch soat bu ish bilan ovora bo‘lishadi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy fuqarosi 54 yil davomida sochini o‘stirdi (video)