Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaning xatti-harakatlarini sanksiyalar bilan tenglashtirdi. Bu haqda BelTAga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi.
U Belarusdan olmalar olib kirishga cheklov joriy qilgan Rossiyaning harakatlarini qoralab chiqdi.
«U yerda shu darajada surbet bo‘lib qolishdiki, hatto bizning qo‘llarimizni qayira boshlashdi», - deya ma’lum qilgan Lukashenko.
Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya g‘arb sanksiyalarini tanqid qilib va ayni paytda o‘z sheriklariga qarshi cheklovlar joriy etib, xato yo‘l tutyapti.
«Ularning o‘zi sanksiyalar ostida bo‘lib turibdi va buni qoralashmoqda. Men ularni bu borada butunlay qo‘llab-quvvatlayman. Shu bilan birga, ular o‘zlarining ittifoqchilariga qarshi shunga o‘xshash qurol bilan kurashmoqda», - dedi Lukashenko.
Avvalroq, Rosselxoznadzor 12 apreldan boshlab Belarusdan olma va nok olib kirishga taqiq qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bundan oldin, Lukashenko fermaga tashrifidan keyin bosh vazir o‘rinbosari, vazir va gubernatorni ishdan haydagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi