22 yoshli pokistonlik ko‘rish qobiliyati zaif bo‘lgan hofizi Qur’on Muhammad Sheroz IQNA muxbiri bilan Qur’oni karim va kundalik hayot haqida suhbatlashdi.
Hofiz bu yil Eronda ko‘zi ojizlar uchun to‘rtinchi marta o‘tkazilayotgan xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashish uchun ilk marta Tehronga kelgan. Muxbirning savollariga javob bergan Muhammad Sheroz jumladan shunday degan: “Men 2005 yilda Qur’oni karimni yod olishni boshladim va ikki yilda uni to‘liq yod oldim. 2018 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashdim. Pokistonda ko‘zi ojizlarni Qur’on o‘rganishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Ayniqa Quvetta va Karachida brayl usulida saboq beruvchi kurslar faoliyat olib boradi. Bugun ko‘p kishilar Alloh kalomini o‘rganishga qiziqmoqda. Agar bilsangiz, Qur’oni karim bilan hamhol bo‘lish hayotimga xayr va barakalar keltirmoqda. Xususan, bu Kitob menga dunyo hayotining haqiqiy falsafasini tushunishimga katta yordam bermoqda”.
Islom.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi