Ikki yil avval 450 mln dollarga sotilgan, mashhur rassom Leonardo da Vinchining “Dunyo haloskori” surati qalbaki bo‘lishi mumkin. Bu haqda New York Post nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Agar bu rost bo‘lsa, unda suratning haqiqiy narxi bor-yo‘g‘i 1200 dollarni tashkil qiladi.
Bu haqda san’atshunos Ben Lyuis ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Londondagi milliy galereya surat savdosi ishtirokchilaridan mutaxassislar guruhining surat nusxa bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosasini yashirgan. Suratni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon xarid qilgan.
Lyuis baholovchilarning surat bo‘yicha fikrlari turlicha bo‘lganini tasdiqlagan.
Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari Badiiy san’at muzeyi xodimlari suratni topa olishmayotgani ma’lum qilingandi. Ta’kidlanishicha, surat Luvrning Abu-Dabi filialidan izsiz yo‘qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi