14:05 / 14.04.2019
3 088

Facebook aksiyadorlari Sukerbergning iste’fosini talab qilishmoqda

Facebook aksiyadorlari Sukerbergning iste’fosini talab qilishmoqda
Facebook kompaniyasi aksiyadorlari uning asoschisi Mark Sukerbergni boshqaruv raisi lavozimidan chetlatishni talab qilishmoqda. Tegishli ariza kompaniya aksiyadorlarining har yillik an’anaviy yig‘ilishi oldidan AQShning qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi saytida e’lon qilingan.

Yig‘ilish 30 mayda o‘tishi kerak. Sukerbergni chetlatish tashabbusi mualliflarining aytishicha, kompaniya rahbariyati va boshqaruvining qarorlari sababli kompaniya qiymati 2018 yil iyuldan boshlab 40 foizga qadrsizlanib ketgan. Bundan tashqari, ular ba’zi aksiyadorlarga kam ovoz berilishidan shikoyat qilishgan.

Sukerbergning o‘rniga mustaqil raisni tayinlash taklif qilinmoqda. Xuddi shunday tashabbus 2018 yil yozida ham bildirilgan.

Sukerbergga kompaniya aksiyalarining 13 foizi tegishli, biroq uning barcha ovozlari ulushi 51 foizni tashkil qiladi. Bu esa unga Facebook siyosatini deyarli yakka o‘zi nazorat qilishiga imkon beradi. Tashabbus kompaniya qiymati pasayishiga olib kelgan ayblovlar, jumladan ijtimoiy tarmoqlar negizida yolg‘on axborot tarqatilishi va saylovlarga aralashuvlar bilan bog‘langan.

2018 yil boshida Facebook tarixida foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarning eng yirik sizib chiqishi haqida ma’lum bo‘lgan. Cambridge Analytica kompaniyasi noqonuniy ravishda ijtimoiy tarmoqning 87 mln foydalanuvchisi haqida ma’lumotlarni to‘plab, ularni uchinchi shaxslar, jumladan AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi shtabiga bergan. Tramp shtabi esa bu ma’lumotlardan siyosiy reklamada foydalangan.

2018 yil apreli va mayida Sukerberg AQSh kongressi va Yevroparlamentda xatoni tan olib, ma’lumotlar chiqib ketgani uchun uzr so‘ragan.

2018 yil sentyabrda esa ijtimoiy tarmoq xakerlar hujumiga uchragan. Facebook’ning baholashicha, buning oqibatida 29 mlnga yaqin foydalanuvchi jabr ko‘rgan. Kiberjinoyatchilar hujum vaqtida ijtimoiy tarmoqning xavfsizlik tizimidagi zaif nuqtadan foydalanishgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Facebook aksiyadorlari Sukerbergning iste’fosini talab qilishmoqda