17:00 / 14.04.2019
4 884

«Miss Rossiya 2019» tanlovi g‘olibligini Alina Sanko qo‘lga kiritdi (foto)

«Miss Rossiya 2019» tanlovi g‘olibligini Alina Sanko qo‘lga kiritdi (foto)
Foto: «RIA Novosti»
«Miss Rossiya 2019» tanlovi g‘olibligini Alina Sanko qo‘lga kiritdi deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Alina Rossiyaning Rostov viloyati Azov shahridan bo‘lib, yoshi 20 ga to‘lgan. Alina tasviriy san’at va she’riyatga qiziqadi, sayohat qilishni yoqtiradi.

Ushbu go‘zallik tanlovida ikkinchi o‘rinni Yekateringburglik Arina Verina va uchinchi o‘rinni tataristonlik Ralina Arabova egalladi. Ushbu ikkala qiz ham dunyoning istalgan mamlakatida o‘qish uchun grantni qo‘lga kiritishdi.

Foto: «RIA Novosti»
Tanlov g‘olibiga qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan tilla toj va 3 million rubl (46,5 ming dollar) miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.

Mazkur tanlovning final qismi ishtirokchilari «Dunyo go‘zali» va «Koinot go‘zali» xalqaro tanlovlarida Rossiya nomidan ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Miss Rossiya 2019» tanlovi g‘olibligini Alina Sanko qo‘lga kiritdi (foto)