11:39 / 17.04.2019
4 740

Hindistonda 5 yoshli bola quduq ichida 9 soat qolib ketdi (video)

Hindistonda 5 yoshli bola quduq ichida 9 soat qolib ketdi (video)
Foto: «Vesti.ru»
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida besh yoshli bola daraxtdan meva uzayotib, 30 metr chuqurlikdagi tor quduqqa tushib ketdi. Bu haqda "Daryo" xabar qiladi.

Bolaning do‘stlari sodir bo‘lgan voqea haqida uning ota-onasiga xabar qilgan, ular esa favqulodda holat xizmatchilarini chaqirgan. Tibbiyot xodimlari quduq ichiga kislorod yuborishni amalladi, qutqaruvchilar esa yer ostiga videokamera tushirdi. Omon qolgan bola qutqaruvchilarni eshitdi va ko‘rsatmalariga amal qildi. Ular quduqqa arqon tashladi va arqonni bolaning oyog‘iga ildirib, uni quduq ichidan chiqarib olishga erishdi. Operatsiya ikki soat davom etdi.

Umuman olganda, bolakay taxminan to‘qqiz soat davomida yer ostida qoldi. Quduq ichiga yiqilayotgan paytida u jarohatlardan qochishga muvaffaq bo‘ldi. «Bolaning sog‘lig‘i yaxshi, u kun davomida bizning qaramog‘imizda bo‘ladi, keyin uni uyiga yuboramiz»,— dedi shahar bosh shifokori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 5 yoshli bola quduq ichida 9 soat qolib ketdi (video)