3 483
Tojikistonda Rossiyaga pul topgani ketgan harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning ota-onalari ushlanmoqda
Tojikistonning Chorxuk qishlog‘ida respublikaning davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari bahorgi harbiy xizmatga chaqiriq vaqtida Rossiyada ishlab yurgan chaqiriluvchilarning ota-onalarini ushlashdi.
Mutasaddi idoralar bu ota-onalardan farzandlarini Tojikistonga tezda qaytarishni talab qilishgan. Bu haqda “Axbor” nashri xabar berdi. Ta’kidlanishicha, chaqiruv yoshidagi yigitlarning yashash joylari bo‘yicha reydlar avval ham o‘tkazilgan, biroq ish ularning ota-onalari ushlanishigacha hali bormagandi.
12 aprelda Tojikiston islom markazi ulamolari harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash og‘ir gunoh ekanligi haqida bayonot bilan chiqishgan. Ulamolar harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashda farzandlariga yordam beruvchi ota-onalar ham gunohga botishlaridan ogohlantirishgan.
Tojikiston qurolli kuchlariga bahorgi chaqiruv 1 apreldan 31 maygacha davom etadi. Bu vaqtda armiyaga 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan 15 ming yigit chaqiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi